Amerikaning kichik shahar va qishloqlaridagi hayot
Vashingtondagi mojarolarga qaramay, Prezident Donald Trampning tarafdorlari hanuz ko’p. Ayniqsa, qishloq joylarda yashovchi oq tanli amerikaliklar orasida. O’zlarini “unutilganlar” deb atovchi bunday toifadagi odamlarga Tramp ko’plab va’dalar bergan. Ularga ko’ra, shu paytgacha Vashington, asosan, shaharlarga e’tibor bergan va qishloqlarda, chekka shaharlarda yashovchilar e’tibordan qolib ketgan.
“Amerika Ovozi” yaqinda Mississipi daryosi bo’yidagi bir qator okruglarga tashrif buyurdi. Bu yerliklar so’nggi prezident saylovida “ko’k”dan “qizil”ga aylanishdi – ya’ni 4 yil avval demokrat Barak Obamaga ovoz berganlar endi respublikachi Donald Trampni tanladi.
Muxbirlarimiz mahalliy fermerlar, zavod ishchilari, nafaqaxo’rlar – o’rta qatlam vakillari bilan suhbatlashdi. Quyida ularning hikoyalari bilan tanishing.
“Amerika Ovozi” yaqinda Mississipi daryosi bo’yidagi bir qator okruglarga tashrif buyurdi. Bu yerliklar so’nggi prezident saylovida “ko’k”dan “qizil”ga aylanishdi – ya’ni 4 yil avval demokrat Barak Obamaga ovoz berganlar endi respublikachi Donald Trampni tanladi.
Muxbirlarimiz mahalliy fermerlar, zavod ishchilari, nafaqaxo’rlar – o’rta qatlam vakillari bilan suhbatlashdi.
Dipak Dobal safar haqidagi taassurotlarini bo'lishmoqda.