UltraSurf

Bloklarni aylanib o'tishga yordam beruvchi maxfiy texnologiya

(Suratlar orqali tushuntirilgan)

Bloklarni aylanib o'tishga yordam beruvchi ko'plab vositalar ochiq strukturaga asoslangan. Ularning qanday ishlashini har qanday odam ko'rishi va uni yanada kuchaytirish uchun xatolarini topib, ularni to'g'rilash yo'llarini taklif etishi mumkin. Ammo UltraSurf yopiq tizim asosida ishlaydi. Ularga ko'ra, tizim qanchalik maxfiy bo'lsa, shunchalik kuchli bo'ladi.

Ultrasurfni saqlab olish va ishlatish juda oson; u bloklarni aylanib o'tish va ayrim shaxsiy ma'lumotlarni himoya qilish imkoniyatini beradi.

U ulkan, lekin davomiy o'zgarib turuvchi proksi serverlar va "oyna saytlar" tarmog'i asosida ishlaydi.

Lekin u tizimning qanday ishlashi haqida ma'lumot bermaydi.

Bu texnologiya yopiq qora qutiga o'xshaydi.

UlraSurfning texnik jihatdan qanday ishlashi (yoki boshqa shu kabi dasturlardan qanday farq qilishi) haqida deyarli ma'lumot yo'q.

Bu uning yaxshi ishlamasligi yoki ishonchsizligi belgisi emas; uning qanday dastur ekanini aniqlash qiyin, xolos.

UltraSurf .zip formatli faylda bo'ladi. Uni o'zingiz bilan xotira kartasida olib yurishingiz va o'sha yerdan ishlatishingiz mumkin.

U xavfsiz bo'lgan maxsus brauzerda ochiladi.

Foydalanuvchilarning IP manzillari yashirin bo'ladi va ularning traffigini bloklash imkoniyati qiyinlashadi.

UltraSurf nima?

UltraSurf 2002-yil AQShda ishlovchi bir guruh xitoyliklar tomonidan ishga tushirilgan.

Freegate kabi u ham dastlab bloklangan saytlarni ochish uchun Xitoydagi internet foydalanuvchilariga mo'ljallangan edi. Dasturni yaratgan "UltraReach Internet Corporation" kompaniyasi ma'lumotiga ko'ra, bu dasturdan hozir 180 davlatda har oy 3-5 million odam foydalanadi. Uni moliyalashda "Amerika Ovozi" mansub Boshqaruvchilar Teleradio Kengashi ham ishtirok etadi.

Ultrasurf kichik va bepul dastur bo'lib, ko'chirib olish va o'rnatish oson. Hajmi juda kichikligi bois ko'pchilik uni xotira fleshkasida olib yuradi va istalgan kompyuterda undan foydalanish mumkin.

UltraSurf shaxsiy ma'lumotlarni himoya qilish bo'yicha ma'lum bir himoya bilan ta'minlasa-da, u, asosan, bloklangan saytlarni ochish uchun mo'ljallangan.

UltraSurf qanday ishlaydi?

Psiphon va Freegate kabi UltraSurf ham bloklangan saytlarni ochishda doimiy o'zgarib turadigan proksi serverlar tarmog'iga va "ko'zgu saytlar"ga tayanadi. Bu imkoniyatlar oddiy internet foydalanuvchisi uchun kifoya qiladi. Dastur egasi bo'lgan kompaniya UltraSurfning texnik jihatdan qanday ishlashi haqida hech kimga ma'lumot bermaydi. Shu bois uning boshqa shunday dasturlardan nimasi bilan farq qilishini bilmaymiz.

Shunisi ma'lumki, UltraSurf ko'chirib olish va o'rnatish oson bo'lgan dasturdir. U bloklangan saytlarni ochishda qo'l keladi va IP manzillarini yashirish kabi boshlang'ich darajadagi himoya bilan ham ta'minlaydi. Ishlab bo'lganingizdan keyin brauzer xotirasida hech qanday ma'lumot saqlanib qolmaydi.

UltraSurf menga qanday yordam berishi mumkin?

Foydalanuvchi UltraSurfni kompyuteriga saqlab olganida u .zip formatdagi fayl bo'ladi. Bu degani, ushbu faylni .zip bilan ishlovchi maxsus dastur yordamida ochganingizda, kompyuteringizga biror dastur o'rnatilmaydi, balki turgan joyidan ishlashga tushadi. Shu bois uni ishlatish oson. Bunday dasturning kompyuteringizda borligini ham hech kim bilmaydi. Agar xotira kartasida (fleshka) o'zingiz bilan olib yursangiz, istalgan joyda undan foydalanishingiz mumkin.

Dastur ochilgan, uni sozlashning bir necha yo'li bor. Yoki hech narsani o'zgartirmasdan, avtomatik sozlangan ko'rsatkichlari bilan ishlatishingiz mumkin. UltraSurf maxsus brauzer oynasini ochadi va bu xavfsiz oynadir. Foydalanuvchilarning IP manzillari yashirin bo'ladi. Ular uzatayotgan ma'lumotning bloklanishi ehtimoli kam (lekin to'liq kafolat yo'q).

Internetga kirishda faqat UltraSurf brauzeridan foydalanishingiz muhim. Agar boshqa brauzerni ochsangiz, siz UltraSurf tarmog'idan chiqib ketasiz va bu xavfsiz emas. Internetda ishlab bo'lganingizdan keyin UltraSurf oynasini yopsangiz, internetda amalga oshirgan faoliyatingizga oid barcha ma'lumotlar o'chiriladi.

Ehtimoliy kamchiliklari

UltraSurf Xitoyning mashhur internet senzurasini aylanib o'tish uchun ishlab chiqarilgan edi. U Xitoyda ancha mashhur bo'lgan va yaxshi ishlagan.

Ammo tahlilchilar va dasturchilarning xavotiri shundaki, UltraSurfning qanday ishlashi bo'yicha ma'lumot juda kam. Ammo bu uning yaxshi ishlamasligi yoki ishonchsizligi belgisi emas; uning qanday dastur ekanini aniqlash qiyin, xolos.

Xulosa

Xitoyda yashasangiz yoki internet kafelarda har xil kompyuterlardan foydalansangiz, UltraSurf siz uchun oson yechim bo'lishi mumkin. Uni yoningizda olib yurishingiz mumkinligi bir kompyuterdan boshqa kompyuterga o'tganda ham undan foydalana olishingizni ta'minlaydi.

Shuningdek, dasturni yopganingizda, internetdagi faoliyatingizga oid barcha ma'lumotlar o'chib ketadi, ya'ni saqlanib qolmaydi.

Uni ishlatish juda oson bo'lib, qo'shimcha biror texnik ma'lumotga ega bo'lishingiz shart emas.

Xavfsizlik vositalarini qiyoslash Anonimlik Aylanib o'tish Olib yurish imkoniyati Shifrlash
DNS
Freegate
PGP
Psiphon
TOR (The Onion Router)
UltraSurf
VPN (Virtual Private Network)