"Amerika Ovozi"dan maxsus loyiha

Oq tanlilar Amerikasida irq

Prezidentlik kampaniyasini boshlashi bilan Donald Tramp muhojirlarni jinoyatchilarga tenglashtirdi. Shuningdek, afro-amerikaliklar haqida gapirganda, ko'pincha, mavzu yana jinoyatga buriladi. Bunday qarashning to'g'riligini isbotlovchi dalillar mavjud emas, ammo Tramp fikrlarini qo'llab-quvvatlovchilar Illinoysning olis Tampiko shaharchasida ham ko'p. Bu yerda aholining 99,78 foizi oq tanli.

Matn:

Bu yer Tampiko, Illinoys. Ronald Reygan tug’ilgan joy. U qilgan hamma narsani 100 foiz qo’llab-quvvatlamayman, lekin biz bu yerda Ronald Reygan bilan faxrlanamiz.

Yoshim 58 da. Mamlakatni hech qachon oxirgi uch yildagidek bo’lingan holda ko’rmagan edim. Odamlar irq masalasini bir-biriga qarshi qo’llayapti. Biz barchamiz amerikalikmiz. Agar hamma bir xil qoidaga amal qilib yashaganda, shu narsalar bo’lmasdi.

To’g'ri, hammamiz xavotirdamiz, lekin men sizga meksikalik yoki afro-amerikalik bo’lganingiz uchun boshqacha munosabatda bo’la olmayman. Hammamiz amerikalikmiz. Agar Amerika fuqarosi bo’lsangiz, qaysi irqqa mansubligingizning ahamiyati yo’q. Meni hurmat qilar ekansiz, sizni hurmat qilaman. Agar kimnidir tunasangiz, uni hurmat qilmagan bo’lasiz. Agar kimnidir otsangiz, hurmatsizlik qilgan bo’lasiz, to’g'rimi? Mening narsamni kimdir o’g'irlab ketsa, uni hurmat qilishim kerakmi? Albatta, yo’q.

Politsiyachilarimiz, qonunlarimiz hujum ostida. Agar qonunga itoat etmasak, huquq-tartibot xodimlarini hurmat qilmasak, demak, qonunni hurmat qilmas ekanmiz.

Bu irqiy urushmi? Irqiy urushga aylanyapti. Uni o’zgartira olamizmi? Qo’limizdan keladigani umid va ibodat.

—Bonni Anderson, Bar egasi

Tampiko, Illinoys