"Amerika Ovozi"dan maxsus loyiha

Kuchli Amerika

Tramp ma'muriyati AQSh armiyasi qudratini yanada kuchaytirishga va'da bergan. Tarafdorlari bunday chorani qo'llab-quvvatlaydi, ammo harbiy byudjetning oshishi ijtimoiy dasturlarning qisqarishiga sabab bo'ladi va bunga aholining munosabati qanday bo'lishi savol ostida. Annavandagi Tramp tarafdorlaridan birining aytishicha, u prezidentning ishlaridan rozi.

Matn:

Otlarni deb erta turaman. Uyda o’tirib, hech narsa qilmagandan yomoni yo’q. Shu bilan odam o’zini yosh his qiladi. Bolani parvarishlagandek ularni poygaga tayyorlash kerak.

Harbiy jihatdan kuchli bo’lishimiz kerak. Yetakchilikni ko’rsatishimiz kerak. Agar kuchli bo’lmasangiz, bundan foydalanishga urinishadi.

U yerga borib urishishimiz kerak, demayapman. Ammo qudratingizni ko’rsatishingiz kerak. Orqada kuchli armiya turishi kerak. Agar zaif bo’lsangiz, sizni zaif ko’rsatadigan qilib mudofaani kessangiz, buning badalini to’laysiz.

Reygan kelganda armiyani kuchaytirgan edi. Keyin Rossiya nima qildi, orqaga tisarildi.

Xorijda juda ko’p pul sarflayapmiz. Urush uchun trillionlab dollar ishlatdik. Bundan nima topdik? Bu davlatlarning barchasiga yordam beramiz. Evaziga nima olyapmiz? Hech narsa. Buncha pulni u yerda sarflamasligingiz kerak. U odamlarga qarshi tura olish kerak. Bas, yetar, deyish kerak.

—Bill Krogart, Nafaqadagi zavod ishchisi

Annavan, Illinoys