"Amerika Ovozi"dan maxsus loyiha

Terror tahdidi

So'nggi yillarda AQShda yuz bergan ommaviy otishmalarning aksariyati oq tanli, Amerikada tug'ilgan fuqarolar tomonidan sodir etilgan. Ammo islom nomidan qo'l urilgan xurujlar ko'proq e'tibor tortadi. Donald Trampning islomchilarga qarshi bayonotlari ko'pchilikka xush kelmoqda. Xususan, Viskonsin shtatidagi Boskobel kabi chekka hududlarda ham.

Matn:

Hozirgi payt bolaligimdan boshqacha. Bolaligimda qo’shnining uyiga chiqib, futbol, basketbol yoki boshqa narsalarni o’ynardik. Hech narsa haqida o’ylamasdik. Terrorizm haqida gaplashmaganmiz. Bu narsa xayolimizda ham yo’q edi.

Hozir bu narsa keng tarqalgan. Nima haqida gapirayotganimni bilasiz. Shu yerda. Bugun Amerikada IShID bor, deb o’ylayman. Kimligini bilmaymiz, xolos. Qayerdaligini ham bilmaymiz. Florida yoki Kaliforniyada bo’lganidek, ular kasalxonada yoki barlarda paydo bo’lib qolishi mumkin. Buni aytishni yomon ko’raman, lekin bugun sodir bo’layotgan narsalar bular. Zamon o’zgardi. Maktablarimizda, kasalxonalarimizda bomba bo’lishi mumkin, degan qo’rquv bor. Bunday bo’lmasligi kerak.

Odamlarning bu yerga kelishini yoqtiramiz, chunki bu yer dunyodagi eng buyuk davlat. Lekin qo’rquv ham bor, “bir daqiqa kutib turing”, deymiz. Bu odamlarni tekshirishimiz kerak, kimligini, qayerdan kelganini, maqsadini aniqlashimiz kerak. 20-30 yil oldinga qaraganda hozir vaziyat o’zgargan.

Kim kelib, ketayotganini kuzatishda ehtiyot bo’lish kerak. Ya’ni, kelayotgan odamlarning aksariyati meni, oilamni yoki amerikaliklarni o’ldirish niyatida emas. Lekin ayrimlarni deb Amerikaga kelishga urinayotgan yoki sayohat uchun kelayotganlar qiynaladi. Menimcha, yanada qattiqroq qonunlar joriy qilinmasa ham, hozirgilarini amalga tatbiq etish kerak.

—Tod Shmitz, Yuk mashinasi haydovchisi

Boskobel, Viskonsin